
Bu haqda Urugvay terma jamoasining futbolchisining o'zi ma'lum qildi.
"Haqiqatdan ham kaminaga "Real" qiziqish bildirgan. Ammo men "Barselona"da o'ynashni orzu qilardim. Bu klubga o'tish haqida eshitganimda, kelajakda qaysi jamoaga o'tishim borasida shubha bo'lmagan. To'g'risini aytsam, hech qachon "Barselona" tomonidan qiziqish bo'ladi deb o'ylamagandim. Jamoamiz o'yini haqida to'xtaladigan bo'lsam, odamlar "tiki-taka" uslubidagi chiroyli o'yinga o'rganib qolgan. Ammo raqib yopiq o'yin ko'rsatsa, sen boshqacha harakat qilishing kerak" - deydi Suares.