Luis Suares "Inter Mayami" bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
4 noya 2023, 00:51
Hujumchi Luis Suares "Inter Mayami"ga o'tishga yaqin.

"ESPN" ma'lumotiga ko'ra, MLS klubi 36 yoshli hujumchi bilan kelishib olgan va tomonlar shartnoma imzolasa bo'lgani. Shartnoma 1+1 ko'rinishida bo'ladi. Suares ushbu mavsum yakunlanganidan keyin, dekabr oyida "Gremio"ni tark etadi.

Ushbu mavsumda Braziliya chempionatida urugvaylik futbolchi 26 o'yinda 10tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN