Luis Suares: "Grizmann va Koutino "Barselona"ga mos tushadi"

Tolibjon Qosimov
19 dek 2017
"Barselona" forvardi Luis Suares "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann va "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino Kataloniya klubiga mos tushishini ma'lum qildi.

"Barselona" faqat yaxshilarning eng yaxshilarini xarid qilishga harakat qiladi. Grizmann va Koutino - aynan mana shunday futbolchilar. Ularning har ikkisi o'yin uchlubi bo'yicha bizning jamoaga mos tushadi", - dedi Suares Kataloniyaning "Rac 1" radiosiga bergan intervyusida.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Rac 1