
“Kenni Dalglish va Stiven Jerrard? Ular bilan meni tenglashtirishga hali juda erta. Kenni – birinchi raqamli futbolchi. U fantastik futbolchi bo'lgan. Uning o'yinlari video tasmasini ko'rganman.
Stivi esa men uchun klubning eng yaxshi o'yinchisi hisoblanadi. U endigini orzulariga erishdi! U bizning haqiqiy sardorimiz va yetakchimiz. Jerrard – jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri.
“Liverpul” uzoq tarixga ega bo'lgan klub sanaladi va ushbu klub ko'plab mashhur futbolchilarni tarbiyalagan. Bir kun kelib men ham o'sha buyuk futbolchilar qatoriga kiraman deb umid qilaman”, - deydi Suares.