Luis Suares: "Argentina – JCH-2014ning asosiy favoriti"

Aziz Tukhtamuradov
16 may 2014, 09:50
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares JCH-2014 g'olibligi uchun asosiy da'vogarlarni aytib o'tdi.

"Eng yaxshi imkoniyatlar Argentinada. Chunki ularda ajoyib futbolchilar yig'ilgan va jamoa g'alabaga chanqoq holatda turibdi.

Lekin Urugvay, Ispaniya, Angliya va Germaniyani ham esdan chiqarmaslik lozim. Chunki, mundialga barcha g'alaba uchun boradi. Hamma g'alaba qozonishni istaydi", - deydi Suares.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru