Luis Enrike: "PSJ Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynaydi"

Mirjalol Normatov
19 apr 2025, 01:45
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike YCHL yarim finalidagi raqibi "Arsenal" haqida gapirdi.

Qayd etish kerak, parijliklar YCHLning ketma-ket uch bosqichida Angliya jamoalariga qarshi o'ynaydi.

"Bu ustunlik ham kamchilik ham emas. Tabiiyki, ingliz jamoalarining umumiy bir uslubi bo'ladi. Bunga qadar biz "Liverpul", "Arsenal"ga qarshi ham o'ynadik. Keyin "Aston Villa" bilan bahs olib bordik va yana "Arsenal".

"Arsenal" bu turnirdan kimlarni chiqarib yuborganini yaxshi bilamiz. Hozirda biz turnirning eng kuchli 4 jamoasidan birimiz va Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynaymiz.

Bu jamoa Arteta qo'l ostida tez rivojlanmoqda. Hozir jamoa juda sifatli o'yin ko'rsatyapti", - dedi PSJ ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal