Luis Enrike Pedroning sotilishiga qarshi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2014, 09:45
Barselona yarim himoyachi Pedro Rodrigesni o'z safida saqlab qolmoqchi.
26 yoshli ispaniyalik futbolchiga Arsenal, Liverpul va PSJ klublari qiziqib qolishgan, ammo Kataloniya bosh murabbiyi Luis Enrike transferga qarshi chiqmoqda, deb xabar bermoqda Sport.es nashri.

Oldinroq Pedro o'zining Barselonadagi kelajagini hal qilib olmoqchi edi.

Pedro Jerar Delofeuning Evertondan qaytishi va Liverpuldan Luis Suaresning sotib olinishi tufayli maydonga tushmasligidan qo'rqmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru