Luis Adriano Braziliya terma jamoasiga chaqirildi

PSJ himoyachilari Markinos va David Luiz, shuningdek hujumchi Diego Tardelli jarohatlari bois Braziliya terma jamoasining yig'inini o'tkazib yuborishadi.
Ularning o'rniga Gabriel Paulista (Arsenal), Jil (Korintians) va Luis Adriano (Shaxtyor) Braziliya terma jamoasiga jalb etildi.

Eslatib o'tamiz, Braziliya terma jamoasi Fransiya hamda Chili termalariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Manba: sports.ru