

"Qiyin o'yin bo'ldi. O'zbekiston chempionatining yarmi o'tib bo'ldi, Saudiyada esa hali mavsum boshlangani yo'q va ko'p futbolchilarimiz hali mavsumga tayyor emas. Bugungi uchrashuv biz uchun yaxshi test bo'ldi. Yangi futbolchilar terma jamoada ilk daqiqalarga ega bo'lishdi. Ularning maydondagi harakatlari va ishtiyoqi meni xursand qildi, ochig'i.
Biz o'yinni yaxshi boshlay olmadik va ikkita gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa ko'proq gollar urishimiz mumkin edi. Raqib bugun g'alabaga loyiq o'yin namoyish etdi" - deya fikr bildirdi italiyalik mutaxassis.




