

"Raqiblardan ko'ra ko'proq erkin hududlarga ega bo'lishni istagandik va buni uddaladik. Bir-biridan chiroyli gollar urdik. Uchinchi golning yuzaga kelishida esa chap qanot himoyachimiz o'ng qanot himoyachisiga assist bo'ldi - bu ajoyib holat.
Biroq to'p bilan ko'p ham yaxshi ishlay olmayapmiz. To'p raqiblarda bo'layotgan paytda biz bir necha marta keraksiz xatolarga yo'l qo'ydik. Xatolarni yo'qotish kerak, aks holda jahon chempioni bo'la olmaymiz.
Endi futbolchilarni qiynamaslik uchun bir kun dam beraman. Ular anchagina charchab qolishdi", - dedi mutaxassis.



