

"Sen urilgan uchta gol qatnashsan va o'zing bitta gol ursang, yomon o'yin ko'rsatmagan bo'lasan. Ammo Di Mariyada bir nechta keraksiz to'p yo'qotishlari bo'ldi, shu sababli u bundanda yaxshiroq o'ynay oladi. U uchrashuvni yomon o'tkazdi deb bo'lmaydi, chunki Di Mariya bitta gol urdi va yana ikki golda ishtirok etdi, ammo fikrimcha, u yaxshiroq harakat qila oladigan holatlar ham bo'ldi" - deydi van Gal.



