
Di Mariya bugun mashg'ulotlarda ortiqcha muammosiz shug'ullandi. Shu bois, "Arsenal"ga qarshi o'yinda maydonga tushishiga to'siq ko'rmayapman. Lyuk Shou borasida aniq bir gap ayta olmayman. De Xea bilan ham hammasi risoladagidek. Muammo yo'q. Kerrik? Avvalo uning o'yin oldi mashg'ulotlarda qanday holatda ekanligi aniqlaymiz va keyin qaror qabul qilaman. Menimcha, u o'ynay oladi.