"Manchester Yunayted" klubi yangi bosh murabbiyi Lui van Gal 1 million funtni xayriya uchun sarfladi, deb xabar bermoqda "Mirror" nashri.
Gollandiyalik murabbiy mushak distrofiyasiga qarshi kurashuvchi tashkilotga ushbu pullarni o'tkazib berdi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, van Gal oldin ham bir qator tashkilotlarga xayriya qilgan.