Lui van Gaal: "Menimcha, Falkaoning jarohati u qadar jiddiy emas"
28 okt 2014, 00:07
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gaal jamoa hujumchisi Radamel Falkaoning jarohati jiddiy emasligini aytib o'tdi.
Falkao payshanba kungi mashg'ulotda oyog'iga zarba qabul qilib oldi. Shu sababli u "Chelsi" bilan o'yinni o'tkazib yubordi. Menimcha, Falkaoning jarohati u qadar jiddiy emas. Biz Radamel o'zini yaxshi his etishini kutamiz.