Luchesku “Zenit”dan 4 millioen evro talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2017, 23:57
“Zenit” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku ayni paytgacha klub bilan shartnomasini bekor qilgani yo'q.

71 yoshli ruminiyalik mutaxassis hujjatlarga imzo chekishni istamadi. Chunki “Zenit” tomonidan shartnomani bekor qilish borasida ilgari surilgan taklif murabbiyni qanoatlantirmagan.

Luchesku jamoadan shartnoma muddati yakunlanadigan kunga qadar  oylik maoshini to'lab berishini so'ramoqda. Bu 4 million evroni tashkil qiladi.

Tomonlar muzokarani davom ettirishmoqda. Agar masala o'z echimini topmasa, murabbiy FIFAga murojaat qilishi mumkinligi haqida piterliklarni ogohlantirdi.

Luchesku “Zenit”dagi bir yillik faoliyatidan keyin iste'foga chiqarilib, uning o'rnini italiyalik mutaxassis Roberto Manchini egalladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ziare.com