Luchesku: "Shaxtyor" "Sevilya"dan revansh olishga urinib ko'radi"

Aslanov Jasurbek
15 apr 2016, 18:14
"Shaxtyor" bosh murabbiyi Mircha Luchesku Yevropa ligasi yarim finalidagi raqibi borasida fikr bildirdi.

Qur'a natijasiga ko'ra, doneckliklar "Sevilya"ga qarshi bahs yuritadi.

"Barcha raqiblar kuchli edi, ammo biz ko'proq qiynalamiz, chunki birinchi uchrashuvni uyda o'tkazamiz. To'qqiz yil oldin "Sevilya" Palop tufayli "Shaxtyor"dan ustun kelgan edi. Keyingi bosqichdan bizni 10 soniya ajratib turgan edi...

Ammo o'sha uchrashuv haqida boshqa o'ylamayapman, chunki "Sevilya" hozir boshqa jamoa. Menimcha o'sha tarkibdan hech kim qolmagan. Revansh olishga harakat qilib ko'ramiz, ammo bu juda qiyin bo'ladi" - deydi Luchesku.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com