Luchesku "Barsa"ga qarshi o'yindan keyin Messining libosini so'radi

Sherzod Nurmatov
5 noya 2020
Ronald Kuman shogirdlari kecha "Kamp Nou"da Kievning "Dinamo"sini 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ukraina klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Lionel Messining ashaddiy muxlisi ekanligi bois final hushtagi chalingandan so'ng uning libosini so'radi.

Xabar qilinishicha, 33 yoshli futbolchi Covid-19 cheklovlari tufayli Lucheskuga o'z futbolkasini "Kamp Nou" tunnellarida topshirgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar