Luchano Spalletti o'zi eng ko'p mag'lub bo'lgan italiyalik murabbiyni aytdi

Mirjalol Normatov
18 iyun 2023, 11:33
"Napoli" sobiq bosh murabbiyi Luchano Spalletti o'zi eng ko'p mag'lub bo'lgan italiyalik murabbiy haqida gapirdi.

"Vinchenco Italyano mendan kuchli. U meni juda ko'p marta mag'lub qilgan. Uning jamoalari doimo zamonaviy hamda hujumkor o'yin ko'rsatadi. Agarda u balansga tushib olsa, "Fiorentina" bilan katta natijalarga erisha oladi", - dedi Spalletti.

O'tgan mavsumda Spalletti qo'l ostidagi "Napoli" A Seriya g'olibligini qo'lga kiritgan bo'lsa, Italyanoning "Fiorentina"si Italiya Kubogi va Konferenciyalar ligasi finaliga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RTV38