Lovren "Liverpul"da qoladigan bo'ldi

"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren ushbu transfer oynasida klubini o'zgartirmaydi, deya ma'lum qildi Sky Sports nashri.

Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp 30 yoshli xorvatiyalik futbolchini boshqa klubga o'tishi uchun ruhsat bermagan va sabab sifatida himoyachilar tanqisligi keltirib o'tilgan.

Xabaringiz bor, Lovrenga "Milan" va "Roma" jamoalari qiziqishayotgandi. 

Joriy mavsum Deyan APLning birorta o'yinida "qizillar" tarkibida ko'rinish bergani yo'q.



Manba: skysports.com