Lovren Evro-2020'ni o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 may 2021
Xorvatiya himoyachisi Deyan Lovren Yevropa chempionatida qatnashmasligi mumkin, deb xabar bermoqda "Newsline".

Manbaga ko'ra, "Zenit" sardorining eski jarohati qaytalagan. Tiklanish uchun 3 haftadan 6 haftagacha vaqt kerak bo'ladi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, Lovren sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli deyarli ikki oydan beri maydonga tushmayapti.

Xorvatiya terma jamoasi Evro-2020 guruh bosqichida Angliya, Chexiya va Shotlandiyaga qarshi o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Newsline