Lorente "Inter" yoki "Yuventus" bilan shartnoma imzolamoqchi edi

Alisher
9 sen 2021
"Udineze" sobiq hujumchisi Fernando Lorente yangi jamoa qidirishni davom ettirmoqda.

36 yoshli ispaniyalik futbolchi o'z xizmatlarini "Inter" va "Yuventus"ga taklif qildi, ammo klublar forvard bilan shartnoma imzolashni xohlashmadi.

Lorenteda Ispaniya va Angliyaning ikkinchi divizionlaridan takliflar bor, ammo u hali ularni ko'rib chiqmayapti.

Eslatib o'tamiz, futbolchi bungacha "Atletik", "Yuventus", "Sevilya", "Suonsi", "Tottenxem" va "Napoli" klublarida harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo