

"So'nggi daqiqalarda Pochettino menga qo'ng'iroq qildi va uning jamoasiga o'tishga ko'ndirdi. Ha, "Chelsi" anchadan beri meni xarid qilmoqchi edi, ammo so'nggi onda ko'p narsalar sodir bo'ldi.
Natijada hammasi yaxshi bo'ldi va mamnunman. "Tottenxem" - ajoyib klub va bu loyihaga mosman deb o'ylayman" - deydi Lorente.
Ispaniyalik "Tottenxem" bilan 2019 yilgacha shartnoma tuzdi.



