Lorente: "Atletik"ka qaytsam kerak"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2018
"Tottenxem" hujumchisi Fernando Lorentening so'zlariga ko'ra, u sobiq klubi "Atletik"ka qaytishga qarshi emas.

"Agar taklif olsam, "Atletik"ka qaytishim mumkin. Ammo hozircha bunday bo'lgani yo'q. Ispan klubida saylovlar bo'ladi, shu sababli men ularning asosiy maqsadi emasman.

Ayni damda jamoa LaLigada yaxshi ishtirok etmayapt, ammo ularga ishonaman. "Atletik" natijalarni yaxshilay oladi" - deydi Lorente.

33 yoshli Lorente 2005-2013 yillarda "Atletik" sharafini himoya qilgan. Futbolchi joriy mavsum APL bahslarida 13 daqiqa o'ynadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo