Lorenco Insine: “Messi va Suares bilan bir jamoada o'ynashni istagandim”

“Napoli” yarim himoyachisi Lorenco Insine o'tgan yozda unga “Barselona” qiziqish bildirganligini tasdiqladi.

“Barselona” dunyoning  eng yaxshi jamoasi ekanligini barcha biladi. Men Suares va Messi bilan bir jamoada to'p tepishni istagandim. Ammo hozir faqat “Napoli” haqida o'ylayapman. Bu jamoada qolganimdan faxrlanaman. Jamoam bilan sovrinlar yutish niyatidaman”, deydi Insine.


Manba: Football Italia