"Arsenal" markaziy himoyachisi Loran Koselni jarohat sabab noma'lum muddatga safdan chiqdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lumot berdi. Futbolchi APL 30-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin (2:2)da jarohat oldi. Shifokorlar chuqur tibbiy tekshiruvdan keyingina tiklanishning aniq muddatini aytishadi.