

"Verattini jamoa bilan birga olib keldik. To'liq tarkibda kelishni istaganimiz bois barcha shu yerda. Oxirgi mashg'ulotlarda kuzatamiz, agarda Veratti tiklanishga ulgursa o'ynashi mumkin. Birinchi uchrashuvdagi o'yinimizni tahlil qildik va qayerda xatolarga yo'l qo'yganimizni o'rgandik. Himoyada ishonchli o'ynashimiz talab etiladi. Keyingi bosqichga o'tish naqadar qiyinligini tushinib turibmiz. O'z kuchimizga bo'lgan ishonch bilan maydonda harakat qilishimiz kerak. Gol urishimiz lozim, bundan boshqa yo'l yo'qligini bilamiz. Bu to'qnashuvda qaysi jamoa kam gol o'tkazib yuborsa, o'sha klub yarim finalga yo'l oladi", - deydi Loran Blan.



