Loran Blan: "Biz muhim g'alabani qo'lga kiritdik"

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013
"PSJ" bosh murabbiyi Loran Blan "Bodo" ustidan qozonilgan g'alaba jamoasi uchun juda muhim ekanini takidalab o'tdi.
"Biz bugun chiroyli va muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Menga o'yinning qanday kechgani yoqdi. Bu o'yin bilan biz ketma-ket o'yinlar seriyamizni boshlab oldik. Bu seriyaga Chempionlar Ligasi baxslari ham kiradi. Jamoa ancha vaqt birgalikda mashg'ulot o'tkazmagani vajidan ham bu o'yin juda muhim edi. Hafta davomida jamoaning juda ko'plab futbolchilari tarkibimizda bo'lmadi. Ular Braziliya, Urugvay va Argentinadek uzoq va qiyin safarlardan qaytishdi", deya "PSJ" rasmiy sayti Blan so'zlaridan iqtibos keltirmoqda. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net