Lopetegi "Sevilya"ga "Real" sobiq o'yinchisini olib kelmoqchi

Alisher
31 avg 2019
"Vest Xem" hujumchisi Xaver Ernandes faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

"Sevilya" yozgi transferlar oynasining so'nggiga qadar Chicharitoni sotib olishga urinib ko'radi.

Ispan klubi direktori Monchi "Vest Xem" bilan futbolchi borasida muzokaralar olib bordi va kelishuvga erishdi.

Hozirda bosh murabbiy Xulen Lopetegiga tajribali va gollar uradigan hujumchi juda ham zarur, ammo "Vest Xem" ustozi Manuel Pellegrini ham Chicharito borasida bir to'xtamga kelmadi.

Eslatib o'tamiz, Xaver Ernandes "Real"da 2014-2015 yillar davomida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Marca