Lopetegi: "O'yinni yomon boshlaganimiz uchun natija ham shunday bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018, 11:56
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi LaLiganing 6-turida "Sevilya"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3) haqida fikr bildirdi.

"O'yin starti yomon bo'lgani uchun natija ham shunday bo'ldi, biz raqibga pressing uyushtirmoqchi bo'lgandik. Raqib ajoyib o'yin ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq harakat qildik, vaziyatlar yaratdik. Ammo mag'lubiyatni qabul qilib, "Sevilya"ni tabriklashimiz kerak. Ushbu muvaffaqiyatsizlik mentalitetimizga bog'liq deb o'ylamayman, ammo mag'lubiyatimizga bir qator sabablar bor. Chempionatda shunday bo'lib turadi. Endi bizni "Atletiko"ga qarshi bahs kutib turibdi" - deydi Lopetegi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca