Lopetegi: "Bizda 30-40ta gol uradigan hujumchi bor"

Mirjalol Normatov
2 sen 2018, 12:15
"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi hujumchi Karim Benzemaning o'yinlariga baho berdi.

"Nima uchun Benzema bir mavsumda 30-40ta gol urmaydi? U shunga qodir. Bizda shunday futbolchi bor. Benzema avval ham hozirgi kabi ajoyib futbolchilardan biri bo'lgan. U jamoaga yordam berayotganidan xursandman", - dedi Lopetegi.

Benzema kecha LaLiga doirasida "Leganes"ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FourFourTwo