London safari oldidan "Siti"da ikkita yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
23 noya 2018, 20:19
"Manchester Siti" himoyachisi Benjamen Mendining jarohati borasidagi tafsilotlar ma'lum bo'ldi.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning ma'lum qilishicha, futbolchi 12 haftaga safdan chiqqan. Fransiyalik o'tgan haftadan tizzasidan muvaffaqiyatli operaciya qilingandi. Oldinroq Mendi bu yilda boshqa maydonga tushmasligi aytilgandi.

Undan tashqari, "Vest Xem"ga qarshi o'yinda Bernardu Silva ham qatnashmaydi. Uning oyog'i qattiq shikastlangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports