London klubi “Yuventus" yulduzini nishonga oldi

Alisher Ostonov
30 noya 2025
"Tottenxem" "Yuventus" himoyachisi Gleyson Bremerning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, turinliklar futbolchining transferi uchun 40 mln evro olmoqchi. Bremer "Yuventus" bilan 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomaga ega.

Himoyachi joriy mavsumda beshta o'yin o'tkazdi. Ularda futbolchi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Gleyson Bremerning narxini 50 mln evroga baholamoqda.



Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com