
Myunxenliklar 33 yoshli Chexiya terma jamoasi futbolchisini mavsum so'ngida sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqishayapti, deb xabar beradi London Evening Standard.
Manbaning xabariga ko'ra, Rosicki “Arsenal”ga qolishga qarshi emas, biroq yarim himoyachining “kanonirlar” bilan ikki yilga shartnoma tuzish bo'yicha olib borayotgan muzokarasi hozircha samara bermayapti.
Eslatib o'tamiz, “Bavariya” Rosickini 2001 yili “Sparta”da o'ynab yurgan paytlarida sotib olishga uringan edi, biroq o'yinchi o'shanda 14.5 million evro evaziga “Borussiya” o'tib ketgan.
Ushbu mavsum, Angliya chempionatining 13 ta o'yinida maydonga tushgan o'yinchi bitta golli to'p uzatishni amalga oshirgan.