"Lokomotiv"ning OCHLdagi raqibi: "Al Ayn" qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?

Narzulla Saydullayev
17 avg 2016, 08:00
Osiyo chempionlar ligasining chorak final o'yinlari boshlanishiga oz vaqt qolyapti. 23 avgust kuni "Lokomotiv" OCHLning 1/4 final doirasida dastlabki uchrashuvni o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" safarda "Al Ayn"ga qarshi bahs olib borishadi. Xo'sh, bu jamoa "Lokomotiv" bilan bo'ladigan o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?

Avvalo shuni aytish lozim, BAAda hali milliy chempionat boshlangani yo'q. Shu bois "Al Ayn" hozircha faqat o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish orqali bo'lajak bellashuvga tayyorgarlik olib boryapti. Jamoa dastlab Avstriyada yig'in o'tkazdi va u yerda ikkita o'rtoqlik bahsida maydonga tushdi. Ikkala o'yin ham Italiya klublari bilan kechdi. "Udineze" - "Al Ayn" 3:0 va "Bolonya" - "Al Ayn" 2:0.

Jamoa Avstriyadan qaytib kelgach, dastlab futbolchilarga dam berildi va keyin esa mashg'ulotlar yana davom ettirildi. "Al Ayn" kecha Ummonning "Al Suvayq" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu o'yin yopiq holda o'tkazilgani bois jamoa tarkibi va kimlar gol urgani hech qayerda e'lon qilinmagan. "Al Ayn" bugun ham o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Raqib - Ummonning boshqa bir jamoasi "Saham". Mazkur bellashuv ham yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz