Lokomotivning OCHL-2014dagi birinchi o'yinini yaponiyalik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2014, 13:30
Osiyo Chempionlar Ligasi - 2014 pley-off bahslaridan musobaqaga kirishadigan Qarshining Nasaf hamda Toshkentning Lokomotiv klublari ishtirokidagi bahslarni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma'lum bo'ldi.

Unga ko'ra, pley-off bahsini8 fevral kuni safarda Qatarning Al Jaish klubiga qarshi boshlaydigan Qarshining Nasaf jamoasi ishtirokidagi o'yinda Shtebre Delovski boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar brigadasi ishlaydi.

8 fevral kuni Lokomotiv OCHL-2014 2-saralash bosqichi doirasida Toshkentda 1-saralash doirasidagi Al-Kuvayt (Kuvayt) – Ash-Shorta (Iroq) uchrashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvni esa, Minoru Tojo boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

OCHL-2014, 2-saralash bosqichi uchrashuvi
8 fevral, shanba
LOKOMOTIV (O'zbekiston) – AL-KUVAYT (Kuvayt) / ASH-SHORTA (Iroq)

Bosh hakam: Minoru Tojo (Yaponiya).
Yon qanot hakamlari: Shinji Ochi (Yaponiya), Xiroyuki Igarashi (Yaponiya).
To'rtinchi hakam: Pratap Singh (Hindiston).
Nazoratchi: Husayn Asqariy (Eron).
Komissar: Dorji Mindu (Butan).

OCHL-2014, 2-saralash bosqichi uchrashuvi
8 fevral, shanba
Al Jaish (Qatar) – Nasaf (O'zbekiston)
Bosh hakam:
Shtebre Delovski (Avstraliya).
Yon qanot hakamlari: Pol Adam (Avstraliya), Natan Aleksandr (Avstraliya).
To'rtinchi hakam: Mohd Nafiz bin Abdul (Malayziya).
Nazoratchi: Yazbek Yazbek (Livan).
Komissar: Talal Ali Suaylemin (Iordaniya).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz