"Lokomotiv"ning nazorat o'yinlaridagi raqiblari ma'lum

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 16:05
6-20 yanvar kunlari davomida Birlashgan Arab Amirliklarida o'quv-yig'ini o'tkazadigan "Lokomotiv" yig'in davomida bir necha nazorat uchrashuvlari o'tkazadi.

Dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi 10 yanvar kuni Sudanning "Al-Ittihod" klubiga qarshi kechadi. Shundan so'ng, 15 yanvarda Quvaytning SK "Quvayt" jamoasiga qarshi o'yin tashkil etiladi.

Yig'in yakunida - 19 yanvar sanasida esa Ukrainaning "Dnepr" jamoasiga qarshi maydonga tushiladi.

Shuni ham takidlash lozimki, ayni vaqtda "Lokomotiv" safida ikki braziliyalik va 3 nafar rossiyalik futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Ushbu futbolchilar haqida keyinroq batafsil ma'lumot beramiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz