

Mazkur bellashuv "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi va o'yin 20:00da start oladi. Odatga ko'ra o'yindan bir kun oldin menejerlar mitingi hamda har ikkala jamoa murabbiylari va futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. O'yinoldi rasmiy tadbir 11:00da, matbuot anjumani esa 12:00da boshlanadi. Har ikkala tadbir ham "Bunyodkor" stadionida tashkil etiladi.
"Lokomotiv" - "Al Nasr" bahsini qatarlik hakamlar boshqarib borishadi.
Bosh hakam: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim.
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri, Ramzan Saed Al Naemi. To'rtinchi hakam: Saud Al Adba.
Hakamlar nazoratchisi: Alzeid Abdurahmon Zeid (S.Arabistoni). Uchrashuv komissari: Mindu Dorji (Butan).



