“Lokomotiv”ning Minskka yo'l olgan tarkibi: ular orasida Artur Gevorkyan ham bor

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2016, 20:12
Bugun kechqurun “Lokomotiv” futbolchilari o'quv-yig'in olib borish maqsadida Belarus poytaxti Minsk shahriga uchib ketishadi. “Temiryo'lchilar” u yerda 21 iyulga qadar bo'lishadi.

Murabbiylar shtabi mazkur yig'inga 20 nafar futbolchini olib ketishni maqul ko'rishdi. Ular orasida klubimiz safiga yaqinda kelib qo'shilgan turkmanistonlik yarim himoyachi Artur Gevorkyan ham bor.

Hozirda milliy terma jamoa bilan Avstriya yig'inida ishtirok etayotgan Ignatiy Nesterov, Islom To'xtaxo'jaev, Jasur Hasanov hamda Marat Bikmaev klub safidagi ushbu yig'inni o'tkazib yuborishadi.

Yig'in davomida “Loko” futbolchilari Minsk shahrining ikkita jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Dastlabki o'yin 16 iyul kuni “Dinamo” (Minsk) bilan kechsa, ikkinchi bellashuv 19 iyulda “Krumkachi” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

“Lokomotiv”ning Minskka boradigan tarkibi quyidagicha:

DARVOZABONLAR
Mamur Ikromov
Sarvar Karimov
Rustam Nartajiev

HIMOYACHILAR
Oleg Zoteev
Sherzod Fayziev
Sergey Proxorov
Salim Mustafoev
Nemanya Yanichich

YARIM HIMOYACHILAR
Kaxi Maxaradze
Sardor Mirzaev
Timur Kapadze
Ikrom Aliboev
Sanjar Shoahmedov
Sadriddin Abdullaev
Quvondiq Ro'ziev
Server Jeparov
Artur Gevorkyan

HUJUMCHILAR
Temurxo'ja Abduxoliqov
Ivan Nagaev
Doniyor Usmonov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz