

"Temiryo'lchilar" jamoasi 26 yanvar - 5 fevral oralig'ida Turkiyaning Belek shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlari olib boradi. Mazkur yig'in mobaynida jamoa 3ta nazorat bellashuvida maydonga tushishi ko'zda tutilgan. Dastlab 29 yanvar kuni Bolgariyaning "Cherno more" jamoasi ilk sparring raqibga aylanadi. 1 fevralda esa "Lokomotiv" Armanistonning "Alashkert" jamoasi bilan bahs yuritadi. Belek yig'ini doirasidagi so'nggi nazorat o'yinida esa Rossiyaning "SSKA Moskva" klubi yoshlar tarkibi raqib bo'ladi.
5 fevral sanasida "Lokomotiv" Toshkentga qaytib keladi va Osiyo Chempionlar Ligasi 1-turi doirasidagi BAAning "Al Vahda" jamoasiga qarshi kechadigan o'yinga hozirlik olib boradi.





