"Lokomotiv"ning g'alabasiz seriyasi cho'zilmoqda, 225 daqiqadan buyon gol urolmayapti

18 may 2019, 16:49
O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" so'nggi bor chempionatda "Qizilqum"ni mag'lub etgan.

Mazkur yutuq hozircha "Lokomotiv"ning oxirgi g'alabasi bo'lib turibdi. Shundan so'ng jamoa o'tkazilgan 4 o'yindan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. 

"Lokomotiv" "Qizilqum" bilan o'yindan keyin to'rt bahsda maydonga tushdi hamda 3 durang va 1 mag'lubiyat qayd etildi. 

OCHL doirasida "Al Vahda"ga yutqazgan va guruhdan chiqish imkoniyatini yo'qotgan "temiryo'lchilar" Superligadagi so'nggi uchala bellashuvda ("Qo'qon-1912", "Metallurg", "Bunyodkor") durang o'ynashdi. 

Shu tariqa "Loko" ayni paytda turnir jadvali peshqadami "Paxtakor"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Qayd etish kerakki, "Lokomotiv" joriy mavsumda barcha musobaqalarda jami 15 uchrashuvda maydonga tushib, 7 g'alaba, 4 durang va 4 mag'lubiyatga uchradi.

Joriy mavsumdagi dastlabki 13 uchrashuvning barchasida raqiblar darvozasiga yo'l topib kelgan "Loko" oxirgi ikkita o'yindan buyon gol urishni uddalay olmayapti.

Andrey Fyodorov: "Bunday pallada kalamushlargina jamoadan kyetib qolishadi"         

"Temiryo'lchilar" yangi "mashinist"ga muhtoj 

OCHL-2019. Nima uchun "Lokomotiv" so'nggi turda g'alaba qozonishi shart?         

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia