"Lokomotiv"ga darvozabon kerak: "Navbahor" a'zosi - asosiy nomzod

Sherzod Nurmatov
2 dek 2025, 18:19
Bu haqda Championat.asia muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"Navbahor" darvozaboni Shukron Yo'ldoshev "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin. "Temiryo'lchilar" vakillari va darvozabon o'rtasida uchrashuv hamda dastlabki muzokara ham bo'lib o'tgan.

Ma'lumot uchun, "Lokomotiv" posboni Rahimjon Davronov "Andijon"ga o'tmoqda va toshkentliklarga asosiy bo'lish uchun darvozabon kerak", – deyiladi xabarda.

23 yoshli posbon ushbu mavsum "lochinlar" tarkibida 23 uchrashuvda qatnashib, 27 ta gol o'tkazdi va 9 o'yinda darvozani "quruq" saqladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt