

Bu orada klublar tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda. Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" ikkinchi davrada tarkibini yanada kuchaytirish uchun harakatlarni boshlab yuborgan. Ayni paytda "temiryo'lchilar" safida 3 nafar legioner ko'rikdan o'tmoqda. Aytish mumkinki, ulardan biri yaponiyalik. Ko'rikdan o'tgan legionerlar ikkinchi davradan jamoa safida maydonga tushishlari mumkin.




