“Lokomotiv” yangi futbolchi xarid qildi, u yiliga 2,5 mln evro maosh oladi

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2018, 20:31
Germaniyaning “Shalke” klubi himoyachisi Benedikt Xevedes faoliyatini “Lokomotiv” jamoasida davom ettiradi.

Xevedesning transferi Moskva klubi uchun 4 million evroga tushadi. “Temiryo'lchilar” ushbu summaning 2 millionini kelayotgan haftada to'lashadi. Qolgan teng yarmini ikki yil ichida to'lab borishadi.

Himoyachining yillik maoshi 2,5 mln evroni tashkil qiladi. Kelishuv esa 3 yilga imzolalanadi. Yaqin ikki kun ichida futbolchi yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi. 

Xevedes -“Shalke” tarbiyalanuvchisi bo'lib, ushbu klub tarkibida 2007 yildan to 2017 yilgacha to'p tepgan. U ana shu yillar davomida 335ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif