"Lokomotiv-W" ertaga 2-tur bahsini o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
15 may 2015, 13:09
Ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston milliy chempionatida ishtirok etayotgan "Lokomotiv-W" ayollar jamoasi ertaga 2-tur uchrashuvida maydonga tushadi.

Vohid Xolboev murabbiylik qilayotgan jamoa ertaga o'z maydonida Qarshining "Sevinch" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv "Do'stlik" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti - 17:00.

19 may kuni esa "Lokomotiv-W" qizlari Muborakning "Mashal-W" klubini qabul qilishadi. Bu o'yin ham "Do'stlik" stadionida bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, "temiryo'lchi" qizlar oliy liganing 1-turida "Bunyodkor"dan 0:6 hisobida mag'lub bo'lishgan va barcha gollar birinchi taymda o'tkazib yuborilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz