"Lokomotiv" Turkiyada Qozog'iston milliy terma jamoasiga qarshi o'ynaydi

Mirjalol Normatov
7 fev 2025, 20:35
"Lokomotiv" matbuot xizmati Turkiya yig'inida Qozog'iston milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazilishini ma'lum qildi.

"Bugun Qozog'iston milliy terma jamoasi bilan muzokaralar yakunlandi va tomonlar o'zaro o'rtoqlik o'yinini o'tkazish borasida kelishuvga erishdi.

O'rtoqlik o'yini 14 fevral kuni o'tkaziladi. Shu orqali "Lokomotiv"ning Turkiya yig'inidagi 5-o'rtoqlik o'yinidagi raqibi aniq bo'ldi.

Rejaga ko'ra jamoamizning Turkiya yig'inidagi barcha uchrashuvlari "YouTube" platforasmida jonli efirda ko'rsatiladi", - deb yoziladi klub bayonotida.

Ma'lumot uchun, "Loko" ertaga Rossiyaning "Ufa" jamoasiga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати