
Bu haqda klubning "Feysbuk"dagi sahifasi e'lon qildi.
O'rtoqlik o'yini Tojikistonning 25 yillik mustaqilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda. Bahs 26 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00da Resppublika markaziy o'yingohida bo'lib o'tadi.
Bu "Istiqlol"ning so'nggi yillardagi to'rtinchi o'rtoqlik o'yinidir. Bungacha ular "Xassen Kessel", "Shalke-04" va Orenburgning "Gazovik" jamoalariga qarshi maydonga chiqishgan edi.