
Hozirda juda ko'pchilik futbol ishqibozlari "Telegram" tarmog'idan foydalanishadi. Suhbatlashganda, fayl, rasm yoki video yuborish kerak bo'lsa, "Telegram" juda qulay elektron vositalardan biri hisoblanadi.
Har sohada rivojlanish va professionallik sari intilayotgan "Lokomotiv" futbol klubi o'z muxlislariga yana bir qulaylikni taqdim etadi. Agar siz "Telegram" tarmog'idan foydalansangiz va albatta, "Lokomotiv"ga muxlislik qilsangiz, quyidagi link orqali "Loko" muxlislari" gruppasiga a'zo bo'lishingiz mumkin.
Bunda siz yangi do'stlar orttirish, sevimli jamoamizning har bir o'yinini tahlil qilish, "Lokomotiv" namoyish etayotgan futbol haqida fikr almashish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Faqat kichkinagina shartimiz bor: gruppaga a'zo bo'lgandan so'ng har xil bo'lar-bo'lmas gaplarni yozish, birovning asabiga o'ynash, kimgadir nisbatan haqoratli so'zlarni ishlatish, boshqa jamoalar ustidan kulish hamda futbolga aloqasi bo'lmagan mavzuda yozish qatiyan man etiladi.
Unutmang, biz bu yerda faqat FUTBOL haqida, bo'lib ham "Lokomotiv" to'g'risida gaplashamiz.
"Loko" muxlislari" gruppasiga ulanish uchun LINK