"Lokomotiv" taqdimot marosimi o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
5 mar 2022, 14:14
Har yil mavsum avvalida taqdimot marosimi o'tkazish va yangi futbolchilarni tanishtirish "Lokomotiv" PFK uchun ananaga aylanib ulgurdi.

Kelayotgan haftaning dushanba - 7-mart kuni "Lokomotiv" stadioni anjumanlar zalida "temiryo'lchilar" safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo'lib o'tadi. 

Tadbirda "Lokomotiv" PFK bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov va asosiy jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko ishtirok etadi. Taqdimot marosimida yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish bilan birgalikda jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi hamda bu mavsum klub oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalar haqida so'z boradi.

Bundan tashqari "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan Rustam Nartadjiev, Alisher Salimov, Muhammadanas Hasanov, Jerom Etame, Maruf Jumaev kabi futbolchilariga o'z futbolkalari topshiriladi. 

7-mart kuni "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadigan tadbir soat 12:00da boshlanadi. OAV xodimlarini tanishtiruv marosimiga taklif etib qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz