"Lokomotiv" so'nggi voqealar yuzasidan rasmiy bayonot berdi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2022, 16:13
Kecha va bugun futbolga aloqador saytlarda "Lokomotiv" PFK futbolchisi, asosiy jamoa sardori Kaxi Maxaradzening kelishilgan o'yinda ishtirok etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

"Shuni ma'lum qilamizki, ayni paytda O'FA "Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspeksiyasi" ushbu masala yuzasidan surishtiruv-tekshiruv ishlarini olib bormoqda. 

Vaziyat qanday yakun topishi hamda haqiqiy aybdor(lar) topilib jazolanishi "Lokomotiv" PFK uchun ham muhim. Zero, jamoamiz har doim halol o'yin tarafdori bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Biz kelishilgan uchrashuv, totalizator va har qanday pul tikish yo'li bilan o'ynaladigan o'yinlarga mutlaqo qarshimiz!

"Lokomotiv" PFK ushbu masala yuzasidan O'FA va "Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspeksiyasi"ning rasmiy xabar berishini kutishini ma'lum qiladi", – deyiladi klub bayonotida.

Avvalroq  O'FA kechagi kelishilgan o'yinlarga oid ma'lumotlar bo'yicha ilk bayonotini taqdim etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати