"Lokomotiv": So'nggi nazorat uchrashuvi “Al-Hilol”ga qarshi o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2014, 15:28
"Lokomotiv" Astriyada davralar oralig'idagi yig'inni o'tkazmoqda. Bugunga qadar “Lokomotiv” yig'in davomida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Dastlabki o'yinda “temiryo'lchilar” Chexiyaning “Bryun” jamoasi bilan durang (1:1) natija qayd etgan bo'lsa, ikkinchi o'yinda “Borussiya Dortmund II”ni mag'lub etishni (1:0) uddalashdi.

Jamoa yig'inda yana ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Ulardan biri ertaga, 22 iyul kuni Moskvaning “Torpedo”siga qarshi kechadi.

So'nggi o'yin esa dastavval Germaniyaning boshqa bir jamoasi “Frayburg”ga qarshi bo'lishi rejalashtirilgandi. Biroq Abramov shogirdlari 25 iyulda nemis jamoasiga qarshi emas, Osiyoning ikki karra chempioni - Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi bahs olib borishadigan bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz